Jizzax viloyati Do‘stlik tumaniga yangi hokim tayinlandi
12 aprel kuni xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada viloyat hokimi Ulug‘bek Uzakov so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida mulohaza yuritdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Aripov Akram Oromovich Do‘stlik tumani hokimi etib tasdiqlandi. A.Aripov shu vaqtgacha Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tumanni bir necha yillar boshqargan Bababekov Abdusattor Raxmonovich o‘z vazifasidan ozod etildi.
Mavzuga oid

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

20:05 / 09.04.2025
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

12:04 / 28.03.2025