Olimlar dengiz suvini ichimlik suviga aylantirish usulini ixtiro qilishdi
Manchester universiteti olimlari Nobel mukofoti sovrindori Andrey Geym bilan birgalikda dengiz suvini ichimlik suviga aylantirish usulini yaratdilar. Mutaxassislar dengiz suvini tuzdan tozalovchi va uni ichish uchun yaroqli suvga aylantiruvchi grafen g‘alvir yaratishdi. Bu haqda Nature Nanotechnology nashri xabar bermoqda.
Olimlar grafen oksididan maxsus membrana yaratishdi. Bu membrana katta miqdordagi sho‘r suvni chuchuklashtirish uchun qo‘llanadi. Olimlar membranani mustahkamlash va uning shishib ketishining oldini olish uchun epoksid yelimini qo‘llashgan. So‘ngra ular g‘alvir teshiklari o‘lchamlarini u tuzni ushlab qoladigan va toza suv molekulalarini o‘tkazadigan darajada kalibrlashgan.
Filtr uglerod tolalari asosida yaratilgan. Mutaxassislar o‘z ishlanmalariga butun dunyoda talab katta bo‘lishiga umid qilmoqdalar, chunki ko‘plab davlatlarda ichimlik suvi zaxiralari tobora kamayib bormoqda.
Mavzuga oid

20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

12:07 / 15.04.2025