Jo Bayden Trampga «ulg‘ayish»ni maslahat qildi

AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden Pensilvaniyadagi universitetda mamlakatning amaldagi prezidenti Donald Tramp «ulg‘ayishi» va «tvitterda o‘tirishni bas qilishi» kerakligi haqida gapirdi. Bu haqda The Hill xabar tarqatgan.
Undan talaba «prezident Trampga qanday maslahat bera olishi mumkinligi» haqida so‘raganida, Bayden «ulg‘ayishni» deya javob bergan.
Sobiq vitse-prezident shuningdek, prezident «u tvitterdan foydalanishni bas qilishi kerakligini» qo‘shimcha qilgan.
Bundan oldinroq Bayden 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan bo‘lganida, unda g‘alaba qozongan bo‘lishi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid

17:15 / 05.06.2025
Tramp Baydenning sog‘lig‘i bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishni buyurdi

15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

09:57 / 19.05.2025