Tug‘uruq vaqtida komaga tushgan ayol 7 yildan keyin o‘ziga kelib, farzandini bag‘riga bosa oldi

2009 yilda tug‘uruq vaqtida qoniga infeksiya tushishi oqibatida komaga tushgan serbiyalik Daniela Kovachevich 7 yildan keyin o‘ziga keldi va birinchi marta o‘zining qizini ko‘rdi, deb yozmoqda The Sun nashri.
Bu ajoyib hodisa shifokorlarni hayratga soldi.
Shu 7 yil davomida Daniela ko‘zi ochiq holatda komada bo‘lgan. Ancha vaqt yotib qolgan ayol hozirda asta-sekin o‘ziga kelmoqda, mustaqil ravishda o‘tirmoqda, so‘zlashmoqda va qo‘lida buyumlarni ushlay olmoqda. Daniela miya ishini faollashtirish uchun maxsus mashqlar bajarmoqda. Uning yaqinlari Daniela komada yotgan vaqtida hech qancha o‘zgarmaganini, faqatgina bir oz vazn qo‘shganini aytishmoqda.
Bu hodisa Serbiyada bemor bunday uzoq vaqt komada bo‘lgandan keyin o‘ziga kelgan birinchi holat bo‘ldi.
Mavzuga oid

21:37 / 29.05.2025
Rossiya Serbiyani Ukrainaga yashirin ravishda o‘q-dorilar yetkazib berishda aybladi

14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak

20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi

01:17 / 07.05.2025