Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda shamol kichik yoshli qizchani uchirib ketdi
Amerikaning Ohayo shtatida joylashgan Lindxerst shahrilik to‘rt yoshli qizcha “Oz mamlakati sehrgari” qahramoni Dorotining harakatlarini takrorlashiga bir baxya qoldi. Uni kuchli shamol uchirib ketgan. Yosh Medison Gardnerning “parvozi” tasvirlangan video Facebook’da uning ota-onasi tomonidan taqdim etildi.
Uyda o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasi qizcha kirish eshigiga yaqinlashgani va dastakni ushlamoqchi ekanini qayd etdi. Shu paytda eshik kutilmaganda ochilgan hamda qizcha u bilan birga uchib ketdi.
Ota-onasi qizlariga yordam berishga oshiqqan va u jarohat olmaganiga ishonch hosil qilishdi. Medisonning o‘zi esa videoni ko‘rib kulib yuborgan. Qizchaning ota-onasi videoga "Come Fly with Me" ("Men bilan parvoz qil") qo‘shig‘ini biriktirib qo‘yishgan.
Videoga qoldirilgan izohlarda qizcha kelajakda uchuvchi yoki fazogir bo‘lishi mumkinligini aytishdi, biroq ota-onasi u hozircha faqatgina Disney malikalari bilan qiziqayotganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025