Netanyaxu: "Isroilda Yosir Arofat ko‘chasi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman"

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatda Falastin sobiq yetakchisi Yosir Arofat sharafiga atalgan ko‘cha paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ma'lum qildi. Bu haqda uning feysbuk’dagi sahifasida xabar berilgan.
«Isroil davlatida hech bir ko‘cha isroilliklar va yahudiylar qotillarining nomi bilan atalmaydi», - degan u hukumat yig‘ilishida.
Netanyaxuning qo‘shimcha qilishicha, ko‘chalar Yosir Arofat, Hoja Amin al-Husayni va boshqalarning nomi bilan atalishiga yo‘l qo‘ymaslik darkor.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, u bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qonunchilik choralarini qabul qilishga ham tayyor.
Avvalroq Isroil shimolidagi Jatta aholi punktida (11 ming kishi istiqomat qiladi) «Arofat ko‘chasi» deya ko‘rsatilgan belgini topishgandi.
Mavzuga oid

17:39
Isroil Eron yadro inshootlariga yetkazilgan zararni «nihoyatda jiddiy» deb baholadi

09:22
Bloomberg: Oq uy ishdan bo‘shatilgan MXK xodimlarini qaytarmoqchi

07:48
Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 84 falastinlik halok bo‘ldi

07:44