Teves Xitoydagi hayotidan norozi. Haftasiga 720 ming yevro ham yordam bermayapti

Qishki transferlar vaqtida Argentinadan «Shanxay Shenxua»ga kelgan va dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylangan Karlos Teves Xitoydagi hayotdan qoniqmayapti.
Ole nashri xabariga ko‘ra, 34 yoshli bu futbolchi xitoycha taomlarga, Xitoydagi turmush tarziga va odatlarga ko‘nika olmayapti.
Qolaversa, «Shanxay Shenxua»dagi debyut uchrashuvida Teves jamoasi bilan OChL guruh bosqichiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Ushbu futbolchi 720 ming yevro miqdoridagi haftalik maoshdan voz kechib, Argentinaga qaytishni rejalashtirayotgani aytilgan.
Tevesning agentlari esa u «Boka Xuniors»ga qaytishi ehtimoli haqidagi xabarlarni inkor etishmoqda.
Mavzuga oid

18:37 / 19.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar yugurish musobaqasida bellashdi

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025