Pekin Janubiy Xitoy dengizida raketalar joylashtirishga tayyorlanmoqda

Foto : AP
Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi sun'iy orollarda uzoq masofalarga mo‘ljallangan boshqariluvchi raketalarni joylashtirish mumkin bo‘lgan 20 dan ko‘proq obekt qurilishini deyarli yakunladi. Bu haqda ikki amerikalik amaldor Reuters axborot agentligiga xabar berdi.
Nansha arxipelagining bir nechta bahsli orollarida tomi yig‘iluvchi beton inshootlar barpo etilmoqda. AQSh vakillarining fikricha, bu harbiy eskalatsiya sifatida qaralishi mumkin.
"Xitoyliklar Janubiy Xitoy dengizida shunchaki biror narsa qurayotganga o‘xshamayapti, bundan tashqari, bu obektlar zenit raketalari batareyalari joylashtiriladigan obektlarni eslatmoqda va shu sababli ular raketalarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan fikr kelmoqda", deb aytdi AQSh razvedkasi vakili. Boshqa bir amerikalik vakil orollarda uzunligi 20 metr va balandligi 10 metrli inshootlar barpo etilganini ma'lum qildi.
Axborot agentligi manbasining aytishicha, bunday inshootlar AQShning mintaqadagi kuchlariga jiddiy harbiy tahdid hisoblanmaydi, chunki bu inshootlarni oson payqash va zarba berish mumkin. Amaldorning fikricha, ularning barpo etilishi AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining bunga siyosiy munosabatini tekshirish usuli hisoblanadi.
Mavzuga oid

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:46 / 17.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?

23:01 / 16.04.2025