Noinsof dorixonalar «qora ro‘yxat»ga kiritiladi
O‘zbekistonda litsenziyalovchi organ qonun hujjatlarini buzishi, shu jumladan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixona muassasalarining manzillar reyestri va xodimlar reyestrini shakllantiriladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 14 fevral kuni imzolangan «Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (pdf) bilan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Qarorga ko‘ra, manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan ma'lumotlar ular kiritilgan vaqtdan e'tiboran 3 yil o‘tganidan so‘ng chiqarib tashlanadi.
Dorixonalarda idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat'i nazar belgilangan narxlari bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining tasdiqlangan ro‘yxati davlat va rus tillarida 12-shrift o‘lchamidan kam bo‘lmagan o‘lchamda ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi shart hisoblanadi.
Dori-darmon vositalari yoki tibbiyot buyumlari bilan birga sotib oluvchiga identifikatsion ma'lumotlar (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori) bilan birga dori-darmon vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, ularni beruvchi shaxsga oid ma'lumotlar, berish sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheki beriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish uchun xarid qilish yoki nazorat ostida olish natijalari bo‘yicha olingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash bo‘yicha tartibni buzish faktini tasdiqlovchi tovar va kassa cheklari dorixona muassasasining litsenziyasini to‘xtatib turish yoki tugatish uchun asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuga oid

11:36 / 08.07.2021
2017-2018 yillarda 20 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar «qora ro‘yxat»dan chiqarilgani ma'lum bo‘ldi

16:46 / 10.04.2021
AQShning «qora ro‘yxati»ga Xitoyning yana 7ta kompaniyasi qo‘shildi

20:04 / 13.02.2020
Quruvchi pudrat-tashkilotlar uchun «qora ro‘yxat» va reyting joriy etiladi

13:15 / 11.12.2019