Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya yetakchilari 6 mart kuni nimani muhokama qilishmoqchi?

Foto: RIA "Novosti"
Fransiya prezidenti Fransua Olland 6 mart kuni Versalda Germaniya, Ispaniya va Italiya rahbarlari bilan Yevroittifoq kelajagini muhokama qiladi. Journal du Dimanche gazetasi shu haqida xabar berdi.
Unga ko‘ra, "Fransua Olland Germaniya kansleri Angela Merkel, Ispaniya hukumati raisi Mariano Raxoy va Italiya vazirlar mahkamasi raisi Paolo Jyentiloniga taklifnoma yo‘llagan". "Fransiya prezidenti Yevropa Ittifoqining bunday mini-kengashini o‘tkazib, Yevropa derjavasidagi asosiy to‘rt yetakchining hamjihatligini namoyish qilmoqchi. Bunga so‘nggi paytda YeI duch kelayotgan ko‘plab tahdidlar va inqirozlar sabab bo‘lmoqda", - deyiladi maqolada.
Manbaga ko‘ra, kun tartibiga kiritilgan masalalar - Yaqin Sharqdan kelayotgan qochqinlar muammosi, Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqish bo‘yicha asoratlari tahlili, terrorizmga qarshi kurash - bularning barchasi Rossiya va AQSh munosabatlari fonida".
Bundan tashqari, Versalda Yevroittifoq uchun muhim ahamiyatga ega Rim kelishuvining 60 yilligini nishonlashga tayyorgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid

00:05
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi

11:52 / 07.06.2025
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:22 / 06.06.2025
Rossiyalik oligarxlar YeI sanksiyalari bo‘yicha sud jarayonida navbatdagi mag‘lubiyatga uchradi

15:36 / 02.06.2025