Gvardiola "Barselona"ga boshqa qaytmasligini aytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2008 yildan 2012 yilgacha murabbiylik qilgan "Barselona" klubiga boshqa qaytmasligini aytdi. Bundan tashqari, u "shaharliklar" safiga Lionel Messini qo‘shib olmoqchi emasligini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Messi Gvardiolaning "Barsa"ga qaytishini istayotgani haqidagi xabar paydo bo‘lgandi.
"Hech qachon "Barselona"ga bosh murabbiy lavozimiga qaytmayman. Mening u yerdagi davrim o‘tdi.
Messi "Manchester Siti"ga? Men u faoliyatini "Barselona"da tugatishini istashimni bir necha marta aytganman", deb Gvardiola aytganlarini Goal nashri keltirib o‘tdi.
Mavzuga oid

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

12:41 / 06.04.2025