Foto: Germaniya hayvonot bog‘idagi oq sher bolalari

6 fevral kuni Germaniya sharqidagi Magdeburg shahri hayvonot bog‘iga tashrif buyurganlarga noyob oq sher bolalari ko‘rsatildi. Bog‘ ma'muriyatining aniqlik kiritishicha, jonivorlar albinoslar emas, ularning rangi esa genetik o‘ziga xoslik bilan bog‘liq.
To‘rtta sher bolasi 2016 yilning 25 dekabr kuni tug‘ilgan, biroq hayvonot bog‘i xodimlari ularga endigina sherlar qafasini o‘rganib chiqish imkonini berishdi. Har bir jonivor olti kilogramm vaznga ega bo‘lib, tez o‘smoqda. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.
Ularning otasi Madiba va onasi Kiarada 2016 yilning aprel oyida yana ikkita sher bolasi tug‘ilgandi.
Mavzuga oid

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025
Germaniyadan Sirdaryodagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi

13:43 / 15.04.2025