Futbol TV telekanalida qaysi chempionatlar namoyish etilishi ma'lum bo‘ldi
Futbol TV telekanaliga O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun litsenziya berildi.
Bu boradagi qaror Vazirlar Mahkamasi qoshidagi idoralararo muvofiqlashtiruv qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan.
Yangi telekanalda Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premer ligasi va Ispaniya chempionati o‘yinlari namoyish etiladi. Hozirgacha bu musobaqalar UzReport TV tomonidan ko‘rsatilib kelinayotgan edi.
Xabarda aytilishicha, o‘yinlar jonli efirda va takroran namoyish etiladi. Bundan tashqari, futbol to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlar ham berib boriladi.
Futbol TV O‘zbekistonda mart oyidan faoliyat boshlashi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid

21:20 / 31.05.2025
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi

16:34 / 31.05.2025
Final oldidan: kim va nega g‘olib chiqishi mumkin?

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

23:12 / 27.04.2025