Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya sobiq bosh vaziri: Tramp Yevropaga urush e'lon qilmoqda

Foto: bfmtv
Fransiya sobiq bosh vaziri va mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod Manuel Vals AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp o‘zining populistik gaplari bilan Yevropaga urush e'lon qilmoqda, deb aytdi. Bu haqda BFMTV nashri xabar bermoqda.
"Ko‘pchilik Donald Tramp saylangandan keyin tinchiydi deb o‘ylagandi. Biroq ular populist o‘z dasturini amalga oshirishni istab qolishini esdan chiqarib qo‘yganlar. Bu ig‘vo, bu Yevropaga urush e'lon qilish", deb aytdi Vals.
Uning aytishicha, Tramp o‘z gaplari bilan Yevropaning savdo, migratsiya va mudofaa sohalarida yemirilishini istamoqda.
Avvalroq Fransiya prezidenti Fransua Olland Tramp tanqidiga "Yevropaga tashqaridan maslahatlar kerakmas" deb javob bergandi.
Mavzuga oid

07:31
YuNEYDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog‘liq o‘limlar ko‘paymoqda

13:20 / 11.07.2025
Yevropaning 12 shahrida jazirama harorat tufayli 2,3 ming kishi vafot etdi

14:36 / 10.07.2025
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti

17:41 / 09.07.2025