Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarmoqda Windows 10'ning yangi dizayni suratlari paydo bo‘ldi

Foto: Tjournal.ru

Microsoft kompaniyasi Windows 10 operatsion tizimining foydalanuvchi interfeysini yangilash ustida ish olib bormoqda. Kompaniya ichida ushbu yangi loyihani Project Neon deb atashmoqda.
Yangi dizaynda animatsiya hamda blur effekti ko‘proq ishlatiladi. Bundan tashqari, dasturchilarga o‘z ilovasining dizaynini batafsil sozlash imkonini beruvchi Acrylic uskunasi paydo bo‘ladi.

MSPowerUser bergan ma'lumotga ko‘ra, Windows 10’ga bir nechta vizual effektlar qo‘shiladi. Misol uchun, kursor interfeysning biror bir qismiga olib borilganda mazkur joy yonishi yoki uning shaffofligi o‘zgarishi mumkin.
Xulosa qilib aytilganda, Microsoft minimalistik dizayn sari bormoqda. Nashrning ta'kidlashicha, tarmoqda paydo bo‘lgan bu suratlar hozirda kontsept ko‘rinishiga ega va natija umuman boshqacha bo‘lishi ham mumkin.
Mavzuga oid

08:40 / 23.07.2025
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi

15:08 / 21.07.2025
Dunyo biznesi so‘nggi soatlarda

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:18 / 02.07.2025