Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hukumati 1 yanvardan chet el valyutasi xaridiga cheklov joriy qildi

Foto:Getty images
Bundan buyon o‘z yuanlarini boshqa mamlakat valyutasiga ayirboshlashni istagan kishi o‘zi va pulning kelib chiqishiga doir qo‘shimcha ma'lumot taqdim etishi kerak bo‘ladi. Bu haqida VVS nashri xabar berdi.
50 dollar miqdoridagi valyuta ayirboshlash uchun yillik kvota o‘zgarishsiz qolmoqda.
Xitoy davlat ma'muriyatida ma'lum qilinishicha, hukumat shu tariqa kapitalning mamlakatdan tashqariga chiqish hajmini qisqartirishga umid qilmoqda.
Tahlilchilarning baholariga ko‘ra, 2015 yilda Xitoydan chiquvchi kapital oqimi 1 trillion dollarga yetgan.
Bloomberg Intelligence ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning yanvar oyidan sentabrigacha Xitoydan 690 milliard dollar olib chiqilgan.
Mavzuga oid

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24 / 11.07.2025