Nigeriya «Boko Haram» ustidan g‘alabaga erishdi

Foto: Google image
Nigeriya armiyasi Sambis o‘rmonida «Boko Haram» terrorchi tashkilotining so‘nggi bazasini qo‘lga oldi. Bu haqida mamlakat prezidenti Muhammad Buxoriy ma'lumotiga asoslanib, AR nashri xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Boko Haram» jangarilarining boshqa bazasi qolmagan va ular endi chekinishlariga to‘g‘ri keladi. Nigeriya armiyasi tez orada terrorchi harakat qoldiqlarini ham yo‘q qiladi. Prezidentning ta'kidlashicha, hal qiluvchi hujum 22 dekabr, payshanba kuni amalga oshirilgan.
Bayonotda Buxoriy nigeriyalik harbiylarni «Boko Haram»ni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishgani bilan tabriklagan.
Nigeriya radikal tashkilot hisoblangan «Boko Haram»ga qarshi 7 yil davomida jang olib bordi. Jangarilar 2014 yilda 200 nafardan ortiq o‘quvchi qizlarni olib qochganligi bilan mashhur.
«Boko Haram» G‘arb hayot tarzi va Qur'ondan boshqa bilimlarning tarqalishiga qarshi chiqqan.
Mavzuga oid

13:11 / 05.06.2025
Nigeriyada suv toshqinlari oqibatida 500 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi

17:47 / 30.05.2025
Nigeriyada jangarilarga qurol sotib kelgan askarlar ushlandi

23:08 / 06.05.2025
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda

19:09 / 06.05.2025