Rossiya oliy o‘quv muassasalari 4 mingdan ziyod o‘zbek talabasini qabul qildi
2016 yilda o‘zbekistonlik 4 mingdan ziyod abituriyent Rossiya Federatsiyasidagi oliy o‘quv muassasalariga (OO‘M) o‘qishga kirdi. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ma'lum qildi.
"Ta'lim sohasida aloqalar mustahkamlanmoqda. Rossiyadagi talabalari soniga ko‘ra, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bugungi kunda 17 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadagi oliygohlarda tahsil olmoqda. 2016 yilda 4 mingdan ziyod abituriyent Rossiyadagi oliy ta'lim darogohlariga o‘qishga qabul qilindi", - dedi elchi yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot konferensiyasida.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda Rossiya fan va madaniyat markazi bilan hamkorlikda 100dan ortiq turli tadbirlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid

16:21 / 29.05.2025
O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi

16:09 / 28.05.2025
O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi

15:01 / 28.05.2025
Taniqli jurnalist va bloger O‘zbekistonning Kuvaytdagi turizm elchisi etib tayinlandi

21:17 / 24.05.2025