Xokkeychi Ovechkin futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati elchisi etib tayinlandi

Foto: Reuters
Rossiyada 2018 yilda o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati elchisi xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi safida 3 karra jahon chempioni bo‘lgan, mashhur xokkeychi Aleksandr Ovechkin bo‘ldi. Hozirda "Vashington" klubida shayba suruvchi sportchi bu haqda Instagram’da ma'lum qildi.
"Men uchun futbol bo‘yicha jahon chempionati elchisi bo‘lish katta sharafdir", deb yozdi xokkeychi.
Rossiyadagi jahon chempionati 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha 11 ta shahar: Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Sochi va Yekaterinburgda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid

17:01 / 07.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretskining rekordini yangiladi

17:12 / 05.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretski rekordiga yetib oldi

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025