Xej-fondlar dunyo birjalarida nimaga pul tikmoqda?

Foto: Fincodex.com
Xej-fondlar va moliyaviy firibgarlar o‘tgan bir hafta mobaynida neft uchun 1,47 mln marta pul tikkan. Bu esa, 2007 yildan buyon kuzatilayotgan eng yuqori ko‘rsatkichdir, deb xabar qilmoqda Bloomberg.
«Hozirda, bozor juda qaltis vaziyatda turibdi, chunki ishlab chiqaruvchilar ham, xaridorlar ham OPeKning 30 noyabrdagi sammitini kutishmoqda. Ular, narxlarning kutilmagan tomonga o‘zgarishidan o‘zlarini saqlash niyatida», — degan Citi Futures Perspective tahlilchisi Tim Evans.
Ma'lumotlarga ko‘ra, xej-fondlar neft narxi arzonlashuviga 14 foiz, qimmatlashuviga 8,1 foiz ko‘proq pul tikkan.
Shu bilan birga, sarmoyadorlar OPeK mamlakatlari neft qazib olish miqdorini muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishib olishlari ehtimolini rad etishmayapti.
Mavzuga oid

12:59 / 03.06.2025
Damashq fond birjasi qayta ochildi

17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:44 / 07.04.2025