AQShda tibbiy samolyot qulab tushgani oqibatida bir necha kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Flickr
Amerikaning Nevada shtatida bemorni olib ketayotgan sanitar-transport samolyoti halokatga uchragani sababli bir necha kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Fox13 telekanali.
Xabarlarga ko‘ra, voqea Elko okrugida yuz bergan. Elko Daily Free Press nashrining yozishicha, Piper PA 31 rusumli tibbiyot samolyoti yurak xurujiga uchragan bemorni qo‘shni Yuta shtatiga olib ketayotgan bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilishi bilan mahalliy aeroport yaqinidagi avtomobil to‘xtash joyiga qulagan. Bir nechta avtomobil zararlangani aytilmoqda.
Mahalliy hokimiyatning xabar qilishicha, samolyot bortidagi to‘rt kishi, ikki ekipaj a'zosi, bemor va hamshira halok bo‘lgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:26
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q

09:11
Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

19:18 / 03.07.2025