Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda avtomobilni juda tez boshqargan o‘smir qo‘lga olindi

AQSh politsiyasi 19 yoshli Gektor Freyrni soatiga 330 kmdan ortiq tezlikda harakatlangani uchun hibsga oldi, deb yozmoqda Oklahoma City Press.
Hodisa 14 noyabr kuni Oklaxoma shtatining Kilpatrik Ternpayk trassasida yuz bergan. Politsiya 2011 yilda ishlab chiqilgan va soatiga 135 km tezlikda harakatlanayotgan Ford Mustang sportkarini to‘xtatishga uringan, biroq uning haydovchisi huquq idoralari ta'qibidan qochishga uringan va mashina tezligini soatiga 283 kilometrgacha chiqargan.
Avtomobilni quvish chog‘ida, politsiya mashinasi radari Mustang tezligi qaysidir lahzada soatiga 334 kmga yetganini qayd etgan.
«Bu bola bizdan yashirinishga urindi. U hatto yoritqichlarini o‘chirib ham harakatlandi», — degan Oklaxoma shahri yo‘l-patrul xizmati kapitani Pol Timmons.
Alaloqibat, Freyr avtomobillar to‘xtash joyida aniqlanib, ushlangan. Unga transport vositasini xavfli boshqarish va hokimiyat vakillariga bo‘ysunmaslik aybi ilgari surilmoqda.
Qoidabuzar Ford Mustang sportkarining aynan qaysi rusumida harakatlanganiga oydinlik kiritilmagan. Har holda, Freyr mashinaning sezilarli takomillashtirilgan modelida harakatlangani aniq. Chunki, Ford Mustang Shelby GT500 modelining 2011 yilgi namunasi soatiga 305 kmgacha harakatlana oladi.
Mavzuga oid

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

19:00 / 26.07.2025
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

18:34 / 26.07.2025
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

12:56 / 26.07.2025