Ulyukayev uy qamog‘iga jo‘natildi

Foto: © RIA
Moskva Basman tuman sudi yirik miqdorda pora olganlikda ayblanayotgan RF iqtisodiy vaziri (sobiq) Aleksey Ulyukayevni tergov so‘roqlari o‘tkazish maqsadida uy qamog‘i jazosiga hukm etdi. Bu haqda 15 noyabr kuni RIA Novosti xabar bermoqda. Ulyukayev bu jazoni 2017 yilning 15 yanvariga qadar o‘taydi.
Sud, shuningdek, uni ko‘chada sayr etishini ham taqiqlagan.
Avvalroq xuddi shu kuni prokuratura vazirga nisbatan joriy etilgan ushbu ayblovni yoqlab chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan mamlakat iqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayev hibsga olingan edi.Tergov qo‘mitasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ulyukayev pora olayotgan vaqtda, dalillar bilan birga ushlangan.
Mavzuga oid

11:47 / 03.06.2025
Moskvada patenti bor shaxs Moskva viloyatida ishlashi mumkin bo‘ladi

11:21 / 29.05.2025
Ukraina droni Moskvadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urildi

08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi

20:35 / 27.05.2025