Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook aksiyalari qiymati tushib ketishiga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi

Foto: © EPA
AQSh fond birjasi savdolari yakunida Facebook ijtimoiy tarmog‘i aksiyalari narxi 7,85 foizga arzonlashib, har bir aksiyasi narxi 117,19 dollargacha tushdi, deb xabar qilmoqda RNS.
Ta'kidlanishicha, aksiyalar narxining tushishiga kompaniyaning reklamadan ko‘radigan daromadlari sekinlashgani haqidagi xabarlar va kompaniya hisobotining e'lon qilinishi sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoq moliyaviy direktori Devid Venerning bayonot berishicha, reklamadan tushadigan daromad pasayishi reklama hajmining kamaygani bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, kompaniya kelasi yilda katta miqdorda investitsiyalarni amalga oshirishni rejalashtirayapti. Bu esa, xarajatlar oshishini anglatadi.
Mavzuga oid

20:02
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

19:00
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

18:34
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

12:56