Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Halabdagi jangarilar kimyoviy qurol qo‘llashdi

Foto: © RIA Novosti
Suriyaning Halabdagi qurolli kuchlari ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar Halabning janubi-g‘arbida Suriya armiyasi pozitsiyalari va qurolli kuchlariga qarata tarkibida zaxarli gaz bo‘lgan snaryadlar bilan hujum qilishgan. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Jangarilar bizga va Asadning akademiyasi hududidagi harbiylarga qo‘lda yasalgan zaxarli gaz snaryadlari bilan hujum qilishdi. Bunda aynan qaysi kimyoviy modda qo‘llanganini aytish hozircha qiyin", - dedi agentlikka bergan xabarida qurolli kuchlar a'zosi.
Bundan avval mamlakat hukumati G‘arbning Suriya harbiylari tomonidan kimyoviy qurollarning qo‘llanilishi borasidagi ayblovini inkor qilgandi.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya hukumati o‘z hududida kamida 3 marta kimyoviy hujum uyushtirgan.
Mavzuga oid

13:12 / 28.07.2025
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

09:09 / 23.07.2025
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi

14:30 / 19.07.2025