Katta bo‘g‘ma ilon xalqaro golf-turnirning o‘tkazilishiga xalaqit berdi

Foto: PGA TOUR/Twitter
Malayziyada PGA Tour tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan golf bo‘yicha CIMB Classic xalqaro musobaqasini maydonda 2 metrlik bo‘g‘ma ilon paydo bo‘lgani sababli to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Bu haqdagi ma'lumot tashkilotning tvitterida paydo bo‘ldi.
Bundan tashqari, PGA Tour xodimlari tvitterda bu ilonning suratini chop etishdi va unga hazilomuz izoh qoldirishdi.
"Mayli. Endi boshqa joyda o‘ynasak kerak", deb aytilgan xabarda.
21 oktabr bu mintaqada joylashgan ba'zi davlatlarda Sudralib yuruvchilar haqida bilim kuni sifatida nishonlanadi. Bu kunda mahalliy aholiga turli sudralib yuruvchi jonzotlar haqida ma'lumot beriladi. Musobaqa tashkilotchilari ilonning golf maydonida aynan shu kuni paydo bo‘lishida ramziy ma'no ko‘rishdi.
Mavzuga oid

14:13
Malayziya O‘zbekistonga 20 ming dollarlik ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi

20:22 / 18.06.2025
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

14:52 / 18.06.2025
Malayziya O‘zbekistonda "aqlli" fermer xo‘jaliklari yechimlariga sarmoya kiritadi

14:11 / 13.06.2025