Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamandagi ziddiyatli tomonlar uch kunlik sulhga kelishishdi

Foto: AP
Yamanda yana o‘t ochishni to‘xtatish tartibi joriy qilinmoqda, deya xabar qilmoqda BMT matbuot xizmati. U chorshanba 19 oktabr soat 23:59dan boshlanadi va dastlab 72 soatga hukm suradi. Keyinchalik bu muddat yana uzaytirilishi mumkin. BMT tomonlarning barchasi bitimga amal qilishi bo‘yicha kafolatni olgan.
Qayd etish joizki, tomonlarning aprel oyida e'lon qilgan o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga amalda rioya qilinmayapti. BMTning Yaman bo‘yicha maxsus vakili Ismoil al-Shayx avgust oyida Quvaytda bo‘lib o‘tgan muzokaralar jarayoni buzilganidan keyin, tomonlarni qaytadan muloqot davrasiga keltira olmayapti.
Avvalroq, AQSh, Buyuk Britaniya va BMT Yamanda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan edi. Saudiya Arabistoni sulhni qo‘llab-quvvatlagan. Yaman prezidenti Abdrabbo Mansur Xadiy 17 oktabrda isyonchi husiylar bilan sulhga rozilik bildirgan edi.
Mavzuga oid

14:08 / 28.07.2025
Mers YeI va AQSh savdo bitimini olqishladi

07:36 / 28.07.2025
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

18:30 / 27.07.2025