Avstraliyalik tennischi “ajoyib o‘yin”i uchun 3 oyga musobaqalardan chetlatildi

Foto: © AP
Professional tennischilar Assotsiatsiyasi – ATR avstraliyalik tennischi Nik Kirosni Shanxay turniridagi xurmacha qiliqlari bois, musobaqalardan chetlatdi.
Shanxay musobaqasining ikkinchi davra bahsida Kiros Germaniya vakili Mixail Zverev bilan kuch sinashib, unga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergan.
U o‘yin mobaynida aytish mumkinki, tennis o‘ynashdan bosh tortgan. O‘ziga kelayotgan tennis koptoklarini qabul qilmagan. Shundan so‘ng, tergov o‘tkazgan ATP Kirosga o‘zining yaxshi tomonlarini namoyon etmagani uchun 10 ming dollar, tomoshabinlarga yaxshi muomalada bo‘lmaganiga 5 ming dollar, sportchilarga xos bo‘lmagan axloqi uchun 1,5 ming dollar jarima solgan.
Bundan tashqari Kiros 2017 yil 15 yanvarigacha tennis kortiga tusha olmaydi, deb xabar qilgan Sky Sports dasturi.
Ammo, avstraliyalik tennischi 7 noyabrda ham maydonga qaytish imkoniga ega, buning uchun Kiros sport ruhshunosining davolash kursidan o‘tishi kerak.
Mavzuga oid

11:51 / 26.03.2025
Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda

17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi

16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi

00:31 / 16.09.2024