Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 11 sentabr voqealari yuzasidan Saudiya Arabistoniga qarshi ilk ariza topshirildi

AQShlik ayol Saudiya Arabistoni podshohligiga qarshi arizasi bilan Amerika sudiga murojaat qilgan. Bu hodisa, 2001 yil 11 sentabr voqealarida halok bo‘lganlarning oila a'zolariga shunday ariza topshirishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilinganidan ikki kun o‘tgach, yuz bergan. Bundan avvalroq, Amerika Senati prezident Obamaning mazkur qonunga qo‘ygan vetosini bekor qilishga muvaffaq bo‘lgan edi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda homilador ayol Stefani Ross Desimonning turmush o‘rtog‘i Patrik Dann terrorchilar samolyotining Pentagon binosiga urilishi oqibatida halok bo‘lgan.
Shunday qilib, Desimon o‘zi va qizining nomidan ariza topshirib, Ar-Riyodni «Al-Qoida» va uning marhum yetakchisi Usoma bin Lodinni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.
Xabarda aytilishicha, u turmush o‘rtog‘ining o‘ldirilgani va asabbuzarlik kasaliga yo‘liqqani uchun tovon puli talab qilmoqda.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni hukumati Qo‘shma Shtatlarning 2001 yil 11 sentabr voqealari qurbonlari oilalariga podshohlikka nisbatan ariza topshirishga imkon beruvchi qonunini tanqid qilgan edi.
Mavzuga oid

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

19:00 / 26.07.2025
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

18:34 / 26.07.2025
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

12:56 / 26.07.2025