Misrda politsiyachini o‘ldirgan 7 nafar ekstremist o‘lim jazosiga mahkum qilindi

Qohira jinoyat sudi 24 sentabrda 7 nafar sudlanuvchini politsiya generalini o‘ldirganlik va terrorchilik faoliyati uchun qayta o‘lim jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda "Youm7" yangiliklar portali. Yana 5 nafar sudlanuvchi 10 yilga qamoq jazosi oldi, bir nafari oqlandi.
Sudlanuvchilar 2013 yil sentabrda Qohira yaqinidagi Al-Giza viloyatida politsiyachilarga hujumni rejalashtirgan va amalga oshirgan guruh tarkibiga kirgan. Hujum vaqtida yuqori lavozimdagi politsiya zobiti o‘ldirilgan.
2014 yilda bo‘lib o‘tgan birinchi instansiya sudi 12 sudlanuvchini o‘lim jazosiga va 10 nafarini umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan, bir nafarini oqlagan. O‘shanda 13 nafar sudlanuvchi yuzma-yuz sudlangan, ular hukm yuzasidan apellyatsiya berishgan. Bu apellyatsiya qabul qilinib, ishni qayta ko‘rish belgilangan. Qayta sud jarayoni bo‘yicha hukm 24 sentabrda chiqarildi.
Mavzuga oid

21:04 / 09.06.2025
Misr gepatitga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga yubordi

16:43 / 01.06.2025
Misrdan gepatitga qarshi dorining 2025 yildagi ilk partiyasi olib kelindi

14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi

15:41 / 19.05.2025