Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti Saudiya Arabistonini sudga berishga imkon beruvchi qonunga taqiqlov qo‘ydi

AQSh prezidenti Barak Obama 23 sentabrda 11 sentabr terakti qurbonlari oilalariga Saudiya Arabistonini sudga berishga imkon beruvchi qonunga taqiqlov qo‘ydi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Obama o‘z qarorini qonun loyihasi AQSh milliy xavfsizligi manfaatlariga ziyon yetkazishi bilan tushuntirdi.
Obamaning aytishicha, agar qonun kuchga kirsa boshqa davlatlar undan o‘z navbatida AQSh diplomatlari, harbiylari va kompaniyalariga, hattoki Vashingtonnning qo‘llab-quvvatlovidan foydalangan xorijiy tashkilotlarni sudga berishda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq qonun loyihasi AQSh kongressining quyi palatasi va senatida qabul qilingandi. Endi prezident taqiqlovini yengib o‘tish uchun Kongressning har ikkala palatasining uchdan ikki qismi a'zosining roziligi kerak bo‘ladi.
Obama qonun loyihasiga taqiqlovni Ar-Riyod 750 mlrd dollarni tashkil qiladigan o‘zining AQShdagi qimmatbaho qog‘ozlari va aktivlaridagi ulushini sotib yuborish bilan taqdid qilgandan keyin va'da bergan.
Mavzuga oid

08:47 / 26.07.2025
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025