Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 yoshli qiz Facebook’ga joylangan bolalikdagi suratlari uchun ota-onasini sudga berdi

Karintiyada (Avstraliya) yashovchi qiz 7 yil davomida uning “o‘ng‘aysiz va ochiq-oydin” suratlarini Facebook’ga ruxsatsiz joylashtirgan ota-onasini sudga berdi. Bu haqida The Local nashri ma'lum qildi.
Ismi sharifi oshkor etilmayotgan qizning huquqini himoya qiluvchi advokatining so‘zlariga ko‘ra, uning ota-onasi ijtimoiy tarmoqda farzandining 500tacha suratini joylashtirgan. Advokatning aytishicha, u bu suratlar qizning shaxsiy hayotiga doir huquqini poymol etganini isbotlasa, qiz noyabrda ko‘rib chiqilishi rejalashtirgan sud ishida g‘olib bo‘lishi mumkin.
“Ota-onam meni jiddiy qabul qilmasligidan charchadim. Ular suratlarni joylashga uyalishmagan va bunda chegara bilishmagan – hojatxonada o‘tirganim bormi yoki krovatda yalang‘och yotganimmi – hammasi suratga olinib, jamoatchilik bilan bo‘lishilgan”.
Da'vogar
Avstraliyalik qizning otasi bu suratlardan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi mumkinligini ta'kidlamoqda, zero suratlar muallifi – uning o‘zi. Qiz sud ishida g‘olib bo‘lgan taqdirda, uning ota-onasi farzandiga tovon puli to‘lashga hamda sud xarajatlarini qoplashga majbur bo‘ladi.
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

16:14 / 17.07.2025
Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

12:04 / 16.07.2025
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

07:47 / 15.07.2025