Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni muftiysi bu mavsumda hojilarga ma'ruza qila olmasligi sababini aytdi

Saudiya Arabistoni bosh muftiysi shayx Abdulaziz al-Shayx 35 yil ichida ilk marta Arofat tog‘iga chiqqan hojilar qarshisida va'z o‘qiy olmasligiga ovozi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani sababligini ma'lum qildi. Bu haqda u "Al-Okaz" nagriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Muftiyning va'z qilishdan bosh tortishi avvaliga eronlik ziyoratchilar bilan bog‘langandi.
Eron diniy rahnamosi Ali Xomaneiy Saudiya Arabistonini hojilar uchun qulay sharoitlar yaratib bera olmayotganlikda ayblagandi. O‘z navbatida shayx eronliklar musulmon emasligini aytib, ular zardushtiylarning davomchilari ekanini iddao qilgan.
Endilikda shayxning o‘rniga ziyoratchilar qarshisida Makkadagi asosiy masjid imomi Abdurahmon Sudais va'z o‘qiydi.
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025