Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekstremal suvga sakrashda toshga urilishiga bir baxya qoldi

8booth taxallusi ostidagi ekstremal AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Kristal Kouv bog‘ida El Morro qoyasidan suvga sakrashda toshga urilishiga bir baxya qoldi. Ushbu holat tasvirlangan videoga Sploid nashri e'tibor qaratdi.
Erkak suvga sho‘ng‘ishi uchun qancha masofaga sakrashi kerakligini yaqqol mo‘ljallay olmagan – buni uning sakrashdagi reaksiyasidan bilish mumkin. Biroq u sohilbo‘yidagi toshlarga urilmaslikka muvaffaq bo‘lgan.
Erkakning aytishicha u faqatgina tirnalishlar bilan kifoyalanib qolgan. "Bunga qanday muvaffaq bo‘ldim? Bilmayman!", deb bunga izoh berdi erkakning o‘zi.
Bu sakrash 8booth’ning birinchi suvga sakrashi emas: uning instagramida shunga o‘xshash boshqa ko‘plab video va fotolarni uchratish mumkin.
Ba'zida u sakrash uchun joy topish vaqtida qarshilikka uchraydi.
Mavzuga oid

01:11
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda

22:33 / 10.08.2025
AQShda eng badbashara kuchuk egasiga 5000 dollar mukofot berildi

10:17 / 10.08.2025
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi

22:29 / 09.08.2025