Qirg‘iziston maktablarida darslik tanqisligiga yechim topildi

Qirg‘iziston hukumati respublika maktablarida darsliklar tanqisligi sabab, o‘quv kitoblarini ijaraga berish mexanizmini joriy qilishni taklif etmoqda.
"Har yili darsliklarni chop etish moliyalashtirilishiga qaramay, o‘quv kitoblarining tanqisligi dolzarb masaladan biri bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan bu muammoni hal etish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish lozim", - degan Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov hukumat yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2012-yili Qirg‘iziston maktablarini darsliklar bilan ta'minlashga 36,5 mln som (530 ming dollar) ajratilgan bo‘lsa, 2015-yili bu raqam 130 mln som (1,9 mln dollar)ni tashkil etgan. Biroq, o‘quvchilarning darsliklar bilan ta'minlanganlik darajasi 79,6 foizni tashkil etmoqda.
"Bu vaziyatda, kitoblar ijarasini tashkil etish – eng arzon va darslik bilan ta'minlashning xalqaro tajribadan o‘tgan usulidir. Ekspertlarning hisoblariga ko‘ra, ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, 5 yil ichida tanqislikni bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Davlat byudjyeti esa faqatgina 20 foiz mablag‘ni ajratishi kifoya qiladi. U ham bo‘lsa, internat, mehribonlik uylari va kam ta'minlangan oilalar uchun ajratiladi", - deb qayd etgan bosh vazir o‘rinbosari Gulmira Kudayberdiyeva.
Bugungi kunda, Qirg‘izistonda 2027ta o‘rta maktab faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025