OAV: Kim Chen In semirib, uyqusizlikdan aziyat chekmoqda

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, so‘nggi 4 yil mobaynida 40 kgga semirib, uyqusizlikdan qiynalmoqda, deb yozmoqda The Independent nashri Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlariga tayangan holda. Unga ko‘ra, KXDRning 33 yoshli rahbari ovqatga mukkasidan ketgan va suiqasd qurboni bo‘lishlikdan qo‘rqqani uchun uxlay olmaydi.
"Aftidan, taomni ko‘p yeyish va spirtli ichimlik ichish uning xastaligini keltirib chiqarayotgan bo‘lsa kerak", — degan Janubiy Koreya parlamenti razvedka qo‘mitasi raisi Li Chxol U.
Qayd etilishicha, Kim Chen In 2012 yilda 90 kg tosh bosgan, 2014 yilda esa uning vazni – 120 kg, hozirda 130 kgga yetgan.
Nashrning qayd etishicha, 25 mln aholiga ega mamlakatda ocharchilik kuzatilayotgan bo‘lsada, shimoliy koreyalik boy xonadonlar farzandlari orasida semizlik kasalligi tobora avj olmoqda. Davlatning avvalgi rahbarlari Kim Chen Ir va Kim Ir Sen ham semirishdan aziyat chekishgan edi.
Mavzuga oid

21:48 / 16.04.2025
KXDR Ukrainadagi urush ortidan 20 mlrd dollarga yaqin daromad ko‘rdi - Janubiy Koreya

21:51 / 15.04.2025
Reuters: Rossiya frontda foydalanayotgan o‘q-dorilarning yarmini KXDR yetkazib bermoqda

00:15 / 15.04.2025
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi

18:28 / 08.04.2025