Xitoydagi alyuminiy zavodidagi halokat qurbonlari soni 10 kishiga yetdi

Qutqaruvchilar XXR markaziy Xenan provinsiyasidagi alyumin zavodida uskunaning qulashi oqibatida vayronalar ostida qolib ketgan yana 2 kishining jasadini olib chiqishgan. Shu bilan baxtsiz hodisa oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 10 nafarga yetdi. Mamlakat markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, yana 2 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Hodisa 22 iyun kuni zavod maydonlaridan birida uskunalarni yechib olish vaqtida yuz bergan. Korxonaning 8 nafar xodimi tan jarohati olgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli o‘ta og‘irligi aytilmoqda.
Aluminum Corporation of Chinaga tegishli zavodda politsiya fojia sabablarini o‘rganmoqda. Avvalroq, bir kishi qo‘lga olingani ham xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

12:02 / 07.06.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

00:45 / 07.06.2025
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

18:56 / 06.06.2025