Okinava sohillari yaqinida AQSh, Yaponiya va Hindistonning birgalikdagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlari boshlandi

Tinch okeanining g‘arbiy qismida, Okinavaning sharqiy sohilbo‘yida AQSh, Yaponiya va Hindistonning "Malabar" deb nom olgan birgalikdagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar bermoqda Deutshe Welle.
Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar Sharqiy-Xitoy dengizidagi bahsli orollar guruhi yaqinida o‘tmoqda.
1992 yildan "Malabar" mashg‘ulotlari AQSh va Hindiston o‘rtasida birgalikda o‘tgan, Yaponiya esa ularga 2015 yildan qo‘shilgan.
Senkaku (Dyaoyuydao) kimsasiz oroli Yaponiya tomonidan nazorat qilinadi, unga egalik qilish huquqiga Xitoy Respublikasi (Tayvan) va Xitoy ham bahslashib keladi.
Mavzuga oid

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025