Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch qahramon bozoridagi do‘konlarning 40 foizi yonib ketgan
Toshkent viloyatidagi Uch qahramon bozorida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yong‘in bozorning deyarli yarmini yo‘q qilgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati IIBB «Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi»da sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan ma’lumot berdi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.
«Bozorning umumiy do‘konlar qurilgan maydoni 20 ming kv.m bo‘lib, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 12 ming kv.m maydonda joylashgan savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar aniqlanmadi», – deyiladi xabarda.
Bundan kelib chiqadiki, olov bozorning 40 foiz qismini yakson etgan.
Hozirda yong‘in kelib chiqishi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov organlari yakuniy xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni soat taxminan 02:20 larda, Toshkent tumani, «Sabzavot» MFY hududida joylashgan «Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi» MChJda yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in salkam uch soat davom etgan.
Hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yirik yong‘inni o‘chirish uchun qariyb 2,5 soat vaqt ketgan.
Mavzuga oid

15:01 / 11.08.2025
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj

08:53 / 11.08.2025
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi

05:42 / 11.08.2025
Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

11:29 / 09.08.2025