Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan avtomobil to‘xtatildi
Toshkentda YPX xodimlari 123 marta qidiruvga berilgan Captiva’ni to‘xtatdi. Avtomobilning jami 54 mln so‘mlik to‘lanmagan 129 ta jarimasi bo‘lgan. Mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida YPX xodimlari 129 marta turli qoidabuzarliklar sodir etgan Captiva rusumli avtomashinani to‘xtatdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, haydovchining umumiy jarima miqdori 54 mln so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, avtomobil 123 marta Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruvga berilgan.
Captiva jarima maydonchasiga qo‘yilgan, biroq haydovchi qanday javobgarlikka tortilishi ma’lum qilinmagan.
Mavzuga oid

11:06 / 17.07.2025
YPX xodimi suvda cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

17:53 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

23:53 / 04.07.2025